AirBnBdan o`rganishimiz kerak bo`lgan marketingning 6 qoidasi.

AirBnBdan o`rganishimiz kerak bo`lgan marketingning 6 qoidasi.

@bizham

190 mamlakatda yarim milliondan ortiq foydalanuvchilarga ega Airbnb sayyohlar uchun turar joy bozori yetakchisiga aylandi. Noyoblik va arzon narxlarni birlashtira olgan platforma o`zining bozorga moslashish, xaridorlarni jalb qilish bo`yicha ham raqobatchilaridan oldingi o'rinda.

Kompaniyaning samarali marketingi faqatgina katta mablag` hisobiga emas, balki qattiq mehnat, ixtiro va ko'plab shov-shuvlar natijasidir.

1.Boshqa brendlar bilan hamkorlik. Airbnb bizga boshqa brendlar bilan hamkorlik qilish juda katta ta`sirga ega bo`lishini, kerak bo`lsa odamlar orasida katta shov-shuvga sabab bo`la olishini isbotladi. Muvaffaqiyatli Airbnb hamkorlari orasida KLM Royal Dutch Airlines, Buyuk Britaniya kitob do'koni, Waterstones va hatto Fransiya hukumat ham kiradi.

Har bir brendning foydalanuvchilari shu ikkala brenddan qanday foyda olish mumkinligini o`ylab ko`ring, masalan, Royal Dutch Airlines va AirBnBning umumiy foydalanuchilari-sayyohlar va ular uchun xavfsiz manzilga yetib borish va yashash uchun joy topish muhimdir.

2.Ta`sirga ega bo`lgan shaxslar. Biror narsa ommalashishini istasangiz, nima qilishingiz kerak? Ha, to`g`ri, omma ergashadigan, kuzatadigan va quloq soladigan mashhur insonlarni yordamga chaqirishingiz mumkin. Siz bu yulduzlarni- Jurnalistlarni, bloggerlarni, YouTube xizmatchilarini, podcasterslarni va Instagram yulduzlarini o'zingizning tadbirlaringizga, reklamaga taklif qiling - siz natijalarga hayron qolasiz.

2015-yilda Airbnb Londondagi Temza daryosi bo`yidada "floating house" reklama mashg'ulotini o'tkazdi, va bu bayramga #FloatingHouseParty heshtegi berildi, va bu voqeani yoritish uchun juda ko`plar blogerlar, jurnalistlar taklif qilindi. Ularning vazifalari- jonli efirga chiqishi, fotosuratlar olishlari va butun ijtimoiy tarmoqni yoritib turish edi.

Olingan qamrovlar va raqamlar hayratlantiruvchi darajada! Faqatgina Buyuk Britaniyada 340 ta matbuot bo'limi, 70 000 dan ortiq sahifa, 10 000 yangi foydalanuvchi va 200 milliondan ziyod ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bu voqeani guvohi bo`lishdi!

3. Tavakkal qiling. Ba`zida kompaniyalar obro`-e`tiroflariga yomon tosh otilishidan juda ham qo`rqishadi, ammo yomon xabar tez tarqaladi-deganlaridek, agar el og`ziga tushmoqchi bo`lsangiz, o`zingiz haqida yomon xabar tarqating. Bu xabarlar orqali siz eng muhim narsaga-odamlar ichki ongida saqlanib qolasiz. Ular Airbnb yozuvini ko`rishlari bilanoq, tanish hissini tuyushadi, va taassurotlar qanchalik yomon bo`lmasin, baribir sizni tanlashadi.

Bunday xabarlarni tarqatishda sizga ijtimoiy tarmoqlar juda qo`l keladi, masalan norozi xaridorning 50 minglab a`zosi bo`lgan guruhlarda sizni yomonlab(balki yaxshilab) yozishi, yoki tvitterda #airbnb heshtegi orqali siz bilan bo`lgan voqealarni so`zlab berishi gorilla marketingning eng yaxshi yo`llaridan biridir.

4.Rasmlarning tasviri. Airbnb ilk bor saytini ishga tushirganda, ularning o`rtacha mijozlari soni atigi 200 tani tashkil qilardi. Ular bunday muvaffaqiyatsizlikni sababini o`rganishni boshlab, hamma gap-rasmlarda ekanligini anglab yetishdi. Saytda ro`yxatdan o`tgan xonadonlarning ko`pchiligining rasmi yo`q edi, bo`lsa ham mavjud suratlar sifatsiz, xira edi. Airbnb asoschilari bu faktorning muhimligini anglab yetgandan so`ng, ular Nyu-Yorkda registratsiyadan o`tgan xonadonlarga birma-bir borib, ularni birma-bir professional kamerada, haqiqiy fotograflarni yollagan holda suratga olishni boshlashdi. Hayratlanarli tomoni, bu voqeadan so`ng AirBnB mijozlari soni 4 kun ichida naqd ikki barovarga oshdi, va servis jadallik bilan rivojlanishni boshladi. Haqiqatdan ham barcha insonlar go`zallikkka intilib yashashadi, Airbnb taklif qilayotgan chiroyli xonadonlar foydalanuvchilarni bu servisdan ko`proq foydalanishga chorlaydi.

5. O`z jamoangizni quring. Airbnb P2P (people to people; bu haqida keyingi maqolalarda batafsilroq ma`lumot beramiz) biznes turi hisoblanib, allaqachon 2 yoqlama jamoasini shakllantirib bo`lgan. Ular 2 tomonlama o`zaro munosabatlarni doimo qo`llab-quvvatlaydi, xaridor va sotuvchi (bu yerda uy egasi) o`rtasidagi tushunmovchiliklarni yo`q qilish uchun, har ikkisidan ham to`liq ma`lumotlarni talab qiladi.

Bu jamoani shakllantirish- xonadonni ijaraga olish jarayonini ham osonlashtirdi. Foydalanuvchilar o`zlarining shaxsiy profillarini yaratib, xohishlarni yozishlari lozim. Bu servisdan foydalanib bo`lingach, ikkala tomon ham bir-birini baholovchi sharhlar yozishlari mumkin. Bu sharhlar esa, o`z navbatida keyingi foydalanuvchilarga aynan kimni tanlash qarorida juda qo`l keladi: axir hech kim qo`pol uy egasi yoki xonaga zarar keltiruvchi foydalanuvchi bilan ishlashni xohlamaydi.

6. Tovar belgisi. Airbnb o`z foydalanuvchilariga uy-joydan ko`ra ham ko`proq narsa taklif qilishadi: ularning shiori- "Har yer sening uying bo`lishi mumkin". Airbnb servisidan foydalangan insonlar, "Vovv, bu mehmonxonadan ancha yaxshiroq" deyishlari ular uchun juda muhim. Hozirda Airbnb o`z brend nomini saqlab qolishga, mijozlarga Airbnb atmosferasini yaratish haqida bosh qotirishmoqda. Axir ular uchun Airbnb nomi-hamma narsadan ustun!

Internet materiallari asosida tayyorlandi.

Bizni kuzatib boring: https://t.me/bizham/


 


Similar articles

 

Airbnb для отмывания денег
Журналисты американского издания Daily Beast выяснили, что русскоязычные пользователи сайта по поиску аренды частного жилья Airbnb научились отмывать деньги с помощью ресурса. Мошенники используют подставных арендаторов жилья. Они арендуют жилье у определенного человека и расплачиваются с ним украденной кредитной картой, данные которой предоставлял сам хозяин. После того как средства поступали с карты на карту, участники транзакции делили прибыль пополам. Журналисты издания обнаружили описание схемы на подпольных…
Airbnb для родителей и бебиситтеров
Как редактор и издатель Meduza создали сервис Kidsout, который позволяет оставить детей под присмотром на несколько часов. В 2015 году супруги и сотрудники медиапроекта Meduza — руководитель раздела «Игры» Екатерина Кронгауз и издатель Илья Красильщик — запустили сервис Kidsout. Он позволяет родителям найти бебиситтера — человека, который может посидеть несколько часов с ребенком. Главное отличие от няни состоит в том, что девушки и молодые люди, которые работают ситтерами, не связывают свою основную деятельность…
Airbnb и неожиданные последствия «прорыва»
Технические аналитики любят предсказывать утопию или антиутопию. Хуже всего у них получается представлять побочные эффекты успеха компаний. Аудиоверсия статьи: Telegram | Podster | iTunes | YouTube | Скачать Экономика США находится в разгаре технологической трансформации, которая коренным образом меняет то, как люди спят, работают, едят, покупают, любят, читают и взаимодействуют друг с другом. По крайней мере, это одна из интерпретаций. Другой взгляд на эпоху технологических трансформаций заключается в том…
AirBnb: инструкция по безопасности
Давайте согласимся, AirBnb как бизнес-идея прекрасен, в дешевых странах он позволяет снять крутое, необычное, атмосферное жилье, почувствовать себя местным, а в дорогих - сэкономить бюджет. В разное время там сдавались дома на колесах, домики на дереве, замки, маяки и даже целые острова. Нам самим удавалось там снимать и прелестную квартирку в центре Лиссабона, и комнату в настоящем особняке 18 века с атмосферным хозяином, и квартиру-студию художницы с кучей арт-объектов в центре Милана.
Airbnb: как заработать миллиарды долларов на сдаче жилья через интернет
Airbnb считается удачным стартапом и примером того, как нужно развивать бизнес. Компания предоставляет путешественникам возможность рассмотреть предложения от хозяев жилья в любой точке земного шара и арендовать его. Airbnb выступает посредником в процессе бронирования. Четыре года для создания глобального бизнеса – срок небольшой, именно поэтому Airbnb считается удачным стартапом и примером того, как из голой идеи можно вырастить глобальный бизнес. Airbnb (от AirBed & Breakfast) – онлайн-сообщество и одноименная…

Tags

airbnbdan rganishimiz, kerak lgan, marketingning qoidasi

Telergaph Archive

Go Back